O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida 2024-yil 22-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.


Marosimni Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jarqinoy Kadirbaeva ochib berdi va yig’ilganlarni IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bilan tabriklab, Axborot-kutubxona markazi tomonidan kun davomida “Kitobxonlik haftaligi”ga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtishi, bu tadbirlardan o‘tishdan maqsad yoshlarni kitob o‘qishda va kitob o‘qishga qiziqtirishda shunday haftaliklarning o‘tkazilishi, yozuvchi va shoirlar bilan muloqat qilishi, yoshlarning kitob o‘qishga o‘zining samarali natijasini berishini aytib o‘tdi.


Ochilish marosimiga Taxiatosh tumani ma’muriyatining yoshlar siyosatini ijtimoiy targ’ib qilish va targ’ibot ishlari buyicha o‘rinbosari Ulug’bek Aytimbetov, Maktabgacha va maktab talimi bo’limi darsliklar bo’yicha metodisti Bibiro‘za Kemalova, 99651-sonli Harbiy qism jamoasi, Axborot-kutubxona markazining foal nuroniy kitobxonlari Sapargul Mergenbaeva va Yuldashbay Saburovlar, maktab kutubxonachilari, “Markaziy” MFY hududi fuqoralari va foal kitobxonlar ishtirok etib, kitobxonlik bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ochilish marosimida, kitobxonlarimiz tomonidan she’rlar va raqslar ijro etildi. Shuningdek, marosim so’ngida “Kitobxonlik haftaligi”ga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etildi va kitobxonlar ommasiga namoyon qilindi. Marosim so’ngida, markazimiz nuroniy kitobxonlari so‘zga chiqib bayram bilan tabriklab, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi. Markazimizning yosh kitobxonlari ham òz fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga javob olishdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы