Joriy yilning 19-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’inida oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida «Kitobxonlik oiladan boshlanadi» g’oyasi ostida “Kitobxon onalar” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbat mehmoni “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’ini fuqorasi, uy bekasi Z.Eshmuratova va J.Xojametova, Taxiatosh tumani “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’inining Xotin-qizlar faoli Z.Yuldasheva, Prafilaktika inpektori U.Menglimuratov va mahalla xotin-qizlari ishtirok etdi. Suhbatni Xotin-qizlar faoli Z.Yuldasheva ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlarga tashakkur bildirib, kitob o‘qishning foydali tomonlari va kitobxonlikni yanada yuksaltirish bo‘yicha tavsiyalarni aytib o’tdi. Undan so‘ng, “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’ini fuqorasi uy bekasi Z.Eshmuratova o’zining hayoti davomida o’qigan kitoblari va oxirgi o’qigan S.Ahmadning “Jimjitlik” kitobi haqida, romanning qahramonlari haqida, shuning bilan birga, kitobga bo’lgan mehri, kitobni qadrlagani, uni avaylab asragani, kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy dunyosini boyitadigan bebaho boylik ekanligini aytib o‘tdi.
Suhbat so‘ngida, yig’ilganlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mehmonimiz tomonidan javoblar oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы