Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Libmob”, “Kutubxonaga qanday boriladi” aksiyasi o‘tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarorining 2020-2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 2024-yil 23-aprel kuni “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Libmob”, “Kutubxonaga qanday boriladi” aksiyasi o‘tkazildi.

Aksiyani o‘tkazishdan maqsad, aholi va yoshlarni kitobxonlikka tortish orqali kitobxonlar sonini oshirishdan iborat. Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati rahbari Jarqinay Kadirbaeva kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida «Markaziy» mahalla fuqoralar yig’ini ko‘chalarida aholini kutubxonaga chorlab «Kutubxona qayerda», «Kutubxonaga qanday boriladi» so‘roqlari bilan murojat qilib, ularga Axborot-kutubxona markazining manzilli tashrif qog’ozlari, bukletlar va smayliklar tarqatildi.