Joriy yilning 8-may kuni, Taxiatosh Pedagogika kollejida Qoraqalpoq adabiyotining qo’sh boyteragi O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri I.Yusupov va O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi T.Qayipbergenovlarning 95 yilligi munosabati bilan adabiy kecha tashkillashtirildi.
Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari D.Utemuratova va B.Yusupovalar tomonidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Kechani Taxiatosh Pedagogika kolleji o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Qallibekov ochib berdi, so‘ngra kollej metodisti G.Abdullaeva shoir va yozuvchining hayoti va ijodi haqida, ularning asarlaridagi ma’nolar haqida o’z ma’ruzasini o’qib eshittirdi.
Kecha davomida kollej talabalari orasida shoir va yozuvchining rasm chizish tanlovi o’tkazildi va g’oliblar taqdirlandi.
Kecha so’ngida, kollej talabalari tomonidan yozuvchi T.Qayipbergenov ijodidan sahnali ko’rinishlar va shoir I.Yusupovning ijodidan she’rlar, kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы