Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

15-may «Xalqaro Oila kuni»  munosabati bilan «Faravon oila, oila mustaxkamligi –jamiyat tinchligining garovi» mavzusida davra suhbati  tashkillashtirildi.

Xalqaro oilalar kuni har yili 15-may kuni nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda eʼlon qilingan va xalqaro hamjamiyatning oilalarga berayotgan ahamiyatini aks ettiradi. Shu munosabat bilan  joriy yilning 16-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan 15-may «Xalqaro Oila kuni» munosabati bilan «Faravon oila, oila mustaxkamligi –jamiyat tinchligining garovi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Suhbatga Taxiatosh tumani «Taxiatosh» MFY “Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya a’zosi” namunali oila bekasi Gulnara Seytjanova, Axborot-kutubxona markazining fondni to’ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati rahbari Z.Bekimbetova, 1-sonli maktab kutubxonchisi Y.Abdusadikova va markazimiz kitobxonlari ishtirok etdi.

Suhbat davomida Taxiatosh tumani «Taxiatosh» MFY «Ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya a’zosi» namunali oila bekasi G.Seytjanova yoshlarimizga Oila – muqaddas va qutlug‘ dargohligi, inson shu dargohda tug‘ilishi va voyaga yetishi, Oilani jamiyatning kichik bir bo‘g‘iniga qiyoslash mumkinligi, Oila – insonning tug‘ilishidan to o‘mri poyoniga qadar bo‘lgan hayot mazmunini qamrab olganligi, ta’lim-tarbiya, iymon-e’tiqodning asosiy poydevori shakllanadigan maskan ekanligi, mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e’zozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga to‘kis yetib borishini ta’minlaydigan mo‘tabar dargoh ekanligi haqida aytib o’tdi.

So‘ngra, Axborot-kutubxona markazining Fondni to’ldirish, saqlash va qayta ishlov berish xizmati rahbari Z.Bekimbetova Vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga oilada singdirish, Oiladagi ma’naviy muhitni barqarorlashtirish ota-onada farzandlar, farzandlar oldida ota-onaga nisbatan burchlarini, ularning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga xizmat qilishi, insonning hayoti oiladan boshlanishi va oilaning qanchalik muqaddas ekanligini kitobxonlarimizga aytib o’tdi.

Suhbat so‘ngida, Markazimiz faol kitobxonlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.