Joriy yilning 17-may kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda «Yangi uyg’onish davri kitob va kutubxonadan boshlanadi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatga tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan, kitobsevar yoshlar, o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Suhbatni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi Gulnaz Reymova ochib berdi va barcha kitobsevarlarga kitob mutolasining foydali tomonlari, aholini kitob mutolasiga va kitobxonlikga jalb qilish maqsadida yurtimizda olib borilayotgan ishlar to‘g’risida ma’lumotlar aytib o‘tdi.

Undan so‘ng, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi Almagul Vaysova tomonidan Axborot-kutubxona markazi haqida batafsil ma’lumotlar berilib o‘tildi. So‘ngra, kitobxonlarni kitobga qiziqtirish, kitob haqida ma’lumotlar ko‘rsatish maqsadida qoraqalpoq yozuvchisi Muratbay Nizanovning «Qoraqalpoqlar» kitobi bo‘yicha prezentatsiya taqdim etildi.
Prezentatsiyada ushbu kitobning mazmuni, ma’lumotlari, rasmli ko‘rgazmalari ko‘rsatilib o‘tildi.
Prezentatsiya yakunlangach, kitobsevarlar bilan birgalikda o‘qigan va qiziqqan kitoblari mavzusida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы