Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Zakovat» intellektual o‘yini tashkillashtirildi

Joriy yilning 21-may kuni, Taxiatosh tumani 99651 harbiy qismida «Yoshlikda olingan bilim – toshga o‘yilgan naqshdir» shiori ostida tadbir tashkillashtirilib, ushbu tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati mutaxassisi A.Vaysovalar tomonidan zakovat intellektual o‘yini tashkillashtirildi.

O‘yinni 99651 harbiy qism komandir o‘rinbosari, mayor S.Xudayarov ochib berdi va tadbirning maqsadi bilan tanishtirib, ishtirokchilarga omad tilab qoldi.

Zakovat o‘ynida Xarbiy qismdan nafaqadagi faxriylardan iborat «Faxriylar» jamoasi, tumandagi sektorlardagi maktablar jamoalari ishtirok etdi.

Zakovatda 15 ta savol berilib, asosan mantiqiy savollardan iborat bo‘ldi.

O‘yin so‘ngida, zakovat savollariga javob berib, eng ko‘p ball to‘plagan «Faxriylar» jamoasi g’olib dep topildi va harbiy qism tomonidan «Faxriy yorliq» bilan taqdirlandi.