Joriy yilning 23-iyul kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi bilan birgalikda Ajiniyaz Qosibay o’g’lining 200 yilligiga bag’ishlab tanlov tashkillashtirildi. Shuningdek, tanlovda shoirning ijodidagi kitoblardan ham ko‘rgazma tashkillashtirildi.
Tanlovda hakamlar ha’yati a’zolari sifatida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi mutaxassisi G.Reymova, «Aydin jol» bolalar oromgohi direktori B.Jumamurtov, Axborot-kutubxona markazi xodimi B.Yusupova va «Aydin jol» yozgi oromgohi bosh tarbiyachisi ishtirok etdi.
Tanlov 4 shartdan iborat bo’lib, 1-shart Ajiniyaz Qosibay o’g’lining hayoti va ijodi haqida aytib berish, 2-shart Qoraqalpoq milliy raqslari, 3-shart Sahnali ko’rinish, 4-shart Ajiniyaz Qosibay o’g’lining asarlari aytib berish shartlaridan iborat bo‘ldi va ushbu shartlar doirasida jamoalar o’z-aro bellashdilar.
Tanlovda 1-guruh «Nurli keleshek» jamoasi, 2-guruh «Dosliq» jamoasi, 3-guruh «Ilumida» jamoasi va 4-guruh «Spartak» jamoalari ishtirok etdi.
Tanlov so’ngida hakamlar ha’yati a’zolari natijasiga ko’ra, jamoalar nominaciyalar bilan taqdirlandi. Asosan, 1-guruh «Ajiniyaz shig’armalari bilimdani» nominaciyasi bilan, 2-guruh «Keleshegimizdin’ talantli iyeleri» nominaciyasini, 3-guruh «Ajiniyaz izbasarlari» nominaciyasini va 4-guruh «Ajiniyaz dawamshilari» nominaciyalari bilan taqdirlandi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы