Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalarning yozgi oromgohidagi ko’chma kutubxonada oromgohdagi bolalar kutubxona bilan tanishtirildi.

Joriy yilning 29-iyul kunidan boshlab, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohi navbattagi ish faoliyatini boshladi. Oromgohga kelgan bolalar oromgohda mavjud shart-sharoitlar, sport, «Barkamol avlod» maktabining har-hil to’garaklari shu jumladan kutubxona bilan va kutubxonadagi kitoblar bilan  tanishtirildi.

Kutubxona Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillastirilgan bo’lib, kutubxonada o’zbek, qoraqalpoq, rus, ingliz-o’zbek tilidagi bolalar adabiyotlari  va badiiy adabiyotlardan o’qib foydalanishlari, shuning bilan birga har-hil tadbirlarning tashkillashtirilishi haqida Axborot-kutubxona markazi xodimi N.Mamutova tomonidan tanishtirib  o’tildi.

Suxbat so’ngida bolalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va  kutubxonadagi kitoblar ko’rgazmalari bilan tanishdi va kitoblardan o’qib foydalanishdi.