Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» ko‘rik-tanlovida kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 30-iyul kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limida «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi. Tashrif buyurgan ishtirokchilar va mehmonlar ko‘rgazmadagi kitoblar bilan tanishib chiqdi.

Tanlovga Mahalla fuqoralar yig’inlarining yoshlarga biriktirilgan faol nuroniylari ishtirok etdi va tanlov shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Tanlov shartlariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Jayxun” MFY nuroniyi, 2-o‘rinni “Aydin jol”, 3-o‘rinni “Xalqlar do‘stligi” MFY faol nuroniylari egalladi va g’oliblarga  diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.