Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar oromgohida «Yuz maqol, ming topishmoq» mavzusida savol-javob o‘yini  tashkillashtirildi.

Joriy yilning 7-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan oromgohimiz bolalarining vaqtini qiziqarli va mazmunli o’tkazish maqsatida  «Yuz maqol, ming topishmoq» mavzusida savol-javob o‘yini bo‘lib o’tdi.

Ko‘p asrlik halq donishmandligining durdonalari – topishmoqlar, maqollar inson idroki, kuzatuvchanligi, poetik tasavvur qobilyatini o’stiruvchi aqilning quvnoq o‘yini bo’lib tarihiy o’tmishni bilishda kalit vazifasini ham o’taydi. Bu savol-javob o’yini topishmoqlar  bolalar idrokini, zexnini o’stirishda o’ziga hos tarbiya maktabi sifatida yashab kelinmoqda.

O‘yinimizda bolalar berilgan topishmoqu aytilgan maqollarga chaqqonlik bilan javob berishib, o‘zlari yod olgan topishmoq va maqollarini bir birlariga aytishdi.

«Yuz maqol, ming topishmoq» o‘yini qiziqarli bo’lib o’tdi.