Joriy yilning 12-avgust kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida oromgoh bolalari kutubxona bilan tanishtirildi va Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova tomonidan «Ertaklar olami» mavzusida davra suxbati bo‘lib o’tdi.
Bunda, bolalar ertaklar olamiga sayoxat qilishdi. Ertaklar asosan, bolalar tarbiyasida samarali vosita sanaladi hamda bolalar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik tuyg’ularini singdiruvchi eng samarali omillardan biri bo’lganligi bois bolalar bilan O’zbek xalq ertaklari va jaxon xalq ertaklari haqida suxbatlashildi va bolalar ertak qahromonlarini saxna ko’rinishlari orqali ko‘rsatib berishdi.
Bolalarning sehirli ertaklar olamiga qilgan sayoxatlari qiziqarli bo’lib o‘tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы