Joriy yilning 15-avgust kuni, Taxiatosh tumani “Aydin jol” bolalar dam olish oromgohida Axborot-kutubxona markazi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 33 yil to’lishi munosabati bilan “Mustaqilliging muborak – O’zbekistonim” mavzusida davra suhbati va kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.
Suhbatda Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari B.Yusupova, G.Baynazarova va oromgohda tashkillashtirilgan ko’chma kutubxona mutaxassisi N.Mamutovalar va Oromgoh tarbiyachisi S.Erimbetova va guruh bolalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida B.Yusupova mustaqilliq haqida Jonajon Vatanimiz – O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 33 yil to‘lganligi, Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratganligi, ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishini, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zamini ekanligini aytib o’tdi. Undan tashqari, boshqa mutaxassislar ham mustaqilliq bayrami bilan tabriklab o‘zining samimiy fikrlarini bildirib o‘tdi.
Davra suhbatida bolalar o’zlarining mustaqilliq haqidagi she’rlari va qo‘shiqlarini aytib berdi.
Suhbat so’ngida yig’ilganlar Mustaqilligimizga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi bilan tanishib chiqdi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы