Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Ajiniyoz Qosibay o’g’lining 200 yilligi munosabati bilan bayram kechasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 23-avgust kuni, Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi va tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qosibay o’g’li tavalludining 200 yilligi munosabati bilan bayram kechasi tashkillashtirildi.

Bunda tadbirni “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi boshlig’i A.Ersaidov o’z tabrik so’zi bilan ochib berdi, so’ngra Respublika manaviyat va marifat markazi tuman bo’limi mutaxassisi G.Reymovaga shoir haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Bayram kechasida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan shoirning ijodidan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi, Axborot-kutubxona markazi xodimi A.To’remuratova Ajiniyoz Qosibay o’g’lining hayoti va ijodi, kelib chiqish tarixi, yozgan asarlari haqidagi dokladini o’qib eshittirdi.

Bayram kechasi 7-sonli bolalar Musiqa va sa’nat maktabi va Madaniyat bo’limi tomonidan konsert dasturi bilan yakunlandi.