Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Qatag’on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyondalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga” oid kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 29-avgust kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomondan  “Qatag’on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyondalarining ilmiy-ijodiy faoliyatiga” oid kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Bunda kitoblar ko’rgazmasida qatag’on qurbonlari va jadidchilik harakati namoyondalarining faoliyati ijodiga oid kitoblar bilan to’ldirildi. Jadidchilik avval madaniyat sohasidagi harakat sifatida faoliyat yuritganligini, bu oqim vakillari taraqqiyot uchun kurashish, turkiy tillarni rivojlantirish, shu tillardagi adabiyotni boyitish, dunyoviy ilmlarni oʻrganish, fan yutuqlaridan foydalanish hamda ayollar va erkaklar tengligi uchun kurashishga chaqirishganligini, keyinchalik jadidchilar panturkizm gʻoyalarini targʻib qilishganligini aytib, shuningdek ko’rgazmadagi kitoblar bilan Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi G.Baynazarova kitobxonlarimizga tanishtirib o’tdi.