Joriy yilning 30-avgust kuni, Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 1-sonli maktabda maktab kutubxonachilari o’rtasida “Eng faol maktab kutubxonachisi” tanlovi tashkillashtirildi.
Tanlov ikki bosqichdan iborat bo’lib, tuman bosqichi bo’lib o’tdi, Tanlovda Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari D.Utemuratova va B.Yusupova, MMTB qarashli kasaba uyushmasi S.Bekimbetovalar hay’at a’zolari sifatida qatnashdi.
Tanlovda Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-maktab kutubxonachisi A.Xasanova, 6-maktab kutubxonachisi I.Adilbaeva va J.Duysenbaeva, 9-maktab kutubxonachisi F.Abillaeva, 16-maktab kutubxonachisi G.Beketova va 21-maktab kutubxonachisi SH.Nazarovalar ishtirok etdi.
Tanlov ikki shartdan iborat bo’lib, 1-shartda har bir ishtirokchi prezentatsiya va videorolik tayyorlab uni tanishtiradi, 2-shart test yechish sharti, ishtirokchilar ushbu shartlar bo‘yicha o‘z-aro bellashdi.
Hay’at a’zolarining baholash mezonlariga ko’ra, ishtirokchilarning to‘plagan ballari hisoblanib, I o’rinni Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 4-sonli maktab kutubxonachisi A.Xasanova, II o’rinni 9-maktab kutubxonachisi F.Abillaeva va III o’rinni 6-maktab kutubxonachisi I.Adilbaevalar egalladi.
G’olib bo‘lgan ishtirokchi A.Xasanovaga Respublika boqichiga yo’llanma berildi. G’oliblar diplom va esdalik sovg’lari bilan taqdirlandi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы