Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Xon atlas» haftaligi doirasida «Milliy liboslarimiz – fahrimiz, g’ururimiz» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos hususiyatlari mujassamligini namoyish etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida «Xon atlas» haftaligi tadbirlari davom etmoqda.

Ushbu munosabat bilan, joriy yilning 11-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan Taxiatosh tumanidagi «Shamshiroq» mahalla fuqoralar yig’ini hotin –qizlar faoli Dilbar Djumaniyazova bilan birgalikta mahallaning faol hotin-qizlari ishtirokida  «Xon atlas» haftaligi doirasida «Milliy liboslarimiz – fahrimiz, g’ururimiz» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatda «Shamshiroq» mahalla fuqoralar yig’ini hotin –qizlar faoli Dilbar Djumaniyazova «Xon atlas» haftaligining tashkillashtirilidan maqsadi haqida keng turda ma’lumotlar aytib o‘tdi. So‘ngra, Axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassisi D.Utemuratova milliyligimiz timsoli bo‘lgan xon atlas va adras matolari, ularning kelib chiqish tarixi, liboslardagi dizayni to‘g’risida ma’lumotlar berib, hozirgi kunda milliylikni saqlagan holda haftaliklarning tashkillashtirilayotganligi, milliylik bo‘lsa har bir hotin-qizlarning liboslari bilan go‘zalligiga yanada o‘zgacha chiroy, latofat berishii tabiiy holligi haqidagi samimiy fikrlarini aytib o‘tdi.