Joriy yilning 26-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat maskani bilan hamkorlikda Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Kitob-insonni ulug‘laydi» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Suhbatda, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi bosh mutaxassisi G.Reymova kechani ochib berdi. Shuningdek suhbatga, «Nuroniy» jamg‘armasi tuman bo‘limi, 6-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.

Tashrif buyurgan nuroniylar yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish bo‘yicha o‘git-nasixatlarini berib, kitob o‘qib ilim egallashlari ortida erkin va farovon hayot surishlarini, shuningdek, o‘zlarining hayoti davomida egallagan yutuqlari haqida aytib berdi.
Undan so‘ng, kitob va kitobxonlikni targ’ib qilish maqsadida tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Vaysova slayd taqdimotini namoiysh etdi.

Kecha davomida, yig’ilgan mehmonlar va o‘quvchilarga tadbirning yanada qiziqarli bo‘lishi va bilimi, zehnini aniqlash va oshirish maqsadida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi D.Utemuratova tomonidan qiziqarli viktorina savollari berilib, faol ishtirok etgan o‘quvchilarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi tomonidan kitoblar sovg‘a tariqasida topshirildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы