Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar bayrami” kuni munosabati bilan “Vatan xizmatiga fidodur – Ustoz” mavzusida nuroniy ustozlar bilan uchrashuv kechasi va bayram dasturi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 27-sentyabr kuni, Taxiatosh tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda Axborot-kutubxona markazi tomonidan 1-oktyabr “Ustozlar va murabbiylar bayrami” kuni munosabati bilan “Vatan xizmatiga fidodur – Ustoz” mavzusida nuroniy ustozlar bilan uchrashuv kechasi va bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Kechani Axborot-kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari Aysara To‘reniyazova bayram bilan tabriklab kechani ochib berdi.

Bayram kechasi Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Almagul Vaysova tomonidan olib borildi.

Kecha mehmonlari ko‘p yillar davomida taʼlim-tarbiya sohasida barkamol avlodlarni komil inson qilib tarbiyalashda oʻzining salmoqli ulushini qoʻshib kelayotgan faxriy nuroniy ustozlar tumandagi 5-sonli maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sapargul Matniyazova va 17-sonli maktabning ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Tajixal Sadatdinovalar o‘zlarining samimiy fikrlarini aytib, bayram dasturlarini tashkillashtirganlarga minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Shuningdek, o‘zlarining hayoti davomida erishgan yutuqlari va o‘quvchi yoshlarga tilak va o‘git-nasixatlarini aytib, bayram bilan tabriklab o‘tdilar.

         So‘ngra, Respublika “Nuroniylar jamg’armasi” Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi Nodira Atiyazova va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassisi Gulnaz Reymolar tashrif byurgan mehmonlarni bayram bilan tabriklab o‘tdi.

Mehmonlarga Axborot-kutubxona markazi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, “Nuroniylar jamg’armasi” tumani bo‘limi tomonidan bayram munosabati bilan sovg’alar topshirildi.

         Undan so‘ng, tumandagi 5-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Diyorbek Sultanmuratov o‘zining ijodidan ustozlar bayramiga bag’ishlab “Muallimim” she’rini ma’noli tarzda aytib berdi.

Suhbatdan so‘ng, tumandagi 6-sonli umumta’lim maktabining faol o‘quvchilarining tayyorlab kelgan har-hil raqslardan iborat kontsert dasturi bilan davom etdi.

         Kecha so‘ngida, bayram dasturida o‘quvchilari bilan faol ishtiroki uchun 6-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi Janat Duysenbaevaga Axborot-kutubxona markazi tomonidan Minnatdorchilik xati topshirildi.

Uchrashuv kechasi va bayram dasturi qiziqarli va mazmunli yakunlandi.