Joriy yilninig 25-oktyabr kuni, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo‘limi binosida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan 21-25-oktyabr kunlari oralig’ida bo‘lib o‘tkan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligida faol ishtirok etgan tashkilotlar va kitobxonlarni taqdirlash va haftalikning yakunlash ma’rosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkillashtirildi.

Tadbir boshida Axborot-kutubxona markazi hodimi J.Qadirbaeva tomonidan «INFOLIB O‘zbekiston-2024» XIII Milliy Axborot-kutubxona haftaligida faol ishtirok etgan tashkilotlar va ishtirokchilarga, kitobxonlarga minnatdorchilik bildirib o‘tildi. Undan so‘ng, 21-25-oktyabr kunlari oralig’ida bo‘lib o‘tkan tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarning kutubxonachilari va faol kitobxonlari, tumandagi 99651-sonli Harbiy qismi jamoasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Respublika «Nuroniylar» jamg’armasi tuman bo‘linmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha tashkilotlari shuningdek, Axborot-kutubxona markazining faol kitobxonlari Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Diplom» va «Tashakkurnomalar» bilan taqdirlandi.

Taqdirlash ma’rosimidan so‘ng, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 5 va 6-sonli maktablarning faol kitobxonlari tomonidan she’rlar aytilib, ko‘shiq va raqslar bilan kontsert dasturi davom etti.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы