Joriy yilning 29-oktyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida tuman IIB JQX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik Tleumuratov Usnatdin bilan birgalikda «Inson huquqlari – oliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatni Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazova ochib berdi.
Suhbatga Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari va Axborot-kutubxona markazining hodimlari ishtirok etdi.
IIB JQX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik Tleumuratov Usnatdin tomonidan inson huquqlariga oid tadbirlar tashkillashtirilayotganligi, bu esa har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini bilishi, qonun qoidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari, yurtimizda huquqbuzarliklar va tartibizliklarning oldini olish bilan bog’liq ekanligi haqida aytib o‘tildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы