Joriy yilning, 1-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va marifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi bilan hamkorlikda Ajiniyoz Qosibay o‘g’ilining 200 yilligi munosabati bilan zakovat intellektual o’yini tashkillashtirildi.
O’yinni, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi B.Yusupova olib bordi. Zakovat o’yinida Taxiatosh pedagogika kollejidan “A’jiniyaz ”, Taxiatosh tumani Kasb-hunar maktabidan “Aral”, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabidan “Bozataw” jamoalari o’z-aro bellashdilar.

Ha’yat a’zolari sifatida “Nuroniy” jamg’armasi Taxiatosh tumani bo’limi mutaxassisi N.Atiyazova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Taxiatosh tumani bo’limi mutaxassisi T.Seytova, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Mamutova, undan tashqari mehmon sifatida Taxiatosh Pedagogika kolleji psixologi D.Gaipov, Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachisi D.Xalbaevalar ishtirok etdi.
Hakamlar hay’atining baholash natijasiga ko’ra, to’plangan ballar e’lon qilinib, birinchi o’rinni «Bozataw» jamoasi, ikkinchi o’rinni «A’jiniyaz» jamoasi va uchinchi o’rinni «Aral» jamoasi egalladilar.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы