Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Inson huquqlarini ta’minlash bosh maqsadimiz

Joriy yilning 12-noyabr kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida tuman IIB provaciya guruhi og’a inspektori mayor I.Jabbarbergenov va tuman IIB JQX XPB profilaktika inspektori podpolkovnik U.Tleumuratov bilan birgalikda «Inson huquqlarini ta’minlash bosh maqsadimiz» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Suhbatni Axborot-kutubxona markazining Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.To‘reniyazova ochib berdi.
Suhbatga Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari va Axborot-kutubxona markazining hodimlari ishtirok etdi.

Bunda tuman IIB provaciya guruhi og’a inspektori mayor I.Jabbarbergenov  inson huquq va erkinliklari   insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqomligini, inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosiligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huquqlariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilganligini aytib o’tdi.