Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 15-noyabr kuni Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli Ixtisoslashtirilgan maktabda  “Sardorlar saylovi” bo’lib o’tdi, unda Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan  “Yangi adabiyotlar ko’rgazmasi” tashkillashtirildi.

“Sardorlar saylovi” tanloviga  mehmon sifatida  Yoshlar ishlari agentligidan yoshlar yetakchisi D.Utemuratova , Axborot-kutubxona markazi xodimlari  D.Utemuratova va B.Yusupovalar  tashrif buyirishdi.Tanlovni tashkil etishdan maqsad   o’quvchilar o’rtasida sardorlikka bo’lgan harakatini oshirish, mustaqil loyiha yaratishni tekshirish va shu qatorda o’quvchilarning kitobxonlikka bo’lgan e’tiborini oshirishdan iborat. Shu jumladan  har bir o’quvchi 6 yo’nalish bo’yicha  18 ta  sardor va bir bosh sardor tayinlanishi uchun bellashdilar. Tanlovni Ixtisoslashtirilgan  maktab kutubxonachisi D.Xalbaeva olib bordi. Tanlovda Axborot-kutubxona markazi tomonidan  o’quvchilarga, kitobxonlarga  “Yangi adabiyotlar ko’rgazmasi”ni   taqdim etib tushuntirib o’tishdi.