Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

18-noyabr  O’zbekiston  Respublikasi Davlat bayrog’ining qabul qilingan kuni munosabati bilan  Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Zakovat-intellektual o’yini” tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 18-noyabr kuni  Taxitash tumanida joylashgan 99651-harbiy qismda “O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i to’g’risidagi” Nizomi qabul qilingan kun munosabati bilan bayram kechasi va “Zakovat-intellektual o’yini”  bo’lib o’tdi.

   

        Unda Taxiatosh tuman hokimi o’rinbosari U.Aytimbetov, “Nuroniy” fondi Taxiatosh tuman rahbari A.Ersaidov va 99651-qism komandiri o’rinbosari  S.Xudoyarov  so’zga chiqib bayram kechasini ochib berdi va konsert dasturi bilan davom ettirildi.Kunning ikkinchi yarmida bo’lsa Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Zakovat intellektual o’yini” tashkillashtirildi. O’yinni Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi.

        O’yinda 4 jamoa  99651-qism harbiy qism “Vatanparvar” jamoasi, 1-sonli umumta’lim maktabi “Shunqorlar” jamoasi, 3-sonli umumta’lim “Qolqon” jamoasi va Ixtisoslashtirilgan maktab “Universal” jamoasi o’z aro bellashdilar. Hakamlar ha’yati a’zolari sifatida Axboorot-kutubxona markazi mutaxasissi N.Mamutova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi mutaxasissi  T.Seydova     qatnashishdi.

Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra  I o’rinni  Ixtisoslashtirilgan maktab “Universal” jamoasi, II o’rinni 3-sonli umumta’lim “Qolqon” jamoasi, III o’rinni  99651-qism harbiy qism “Vatanparvar” jamoalari egaladilar. G’oliblar diplom bilan taqdirlanishdi.