1989 yil 1 dekabr — Qoraqalpog‘iston tarixidagi muhim sanalardan biridir. Shu kuni qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. Har yili bu sana keng nishonlanib kelinadi.
Ushbu sana munosabati bilan joriy yilning, 29-noyabr kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi bilan birgalikda bayram kechasi tashkillashtirildi. Tadbir boshida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyasi yangradi. So‘ngra “Nuroniy” fondi tuman bo’limi rahbari A.Ersaidov so‘zga chiqib, bayram tadbirini ochib berdi hamda yig‘ilgan tadbir ishtirokchilarini qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan tabrikladi.

Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi ham o’zining tilga bog’liq kitob ko’rgazmasi va yangi adabiyot ko’rgazmalari bilan qatnashishdi. Bayram kechasi davomida Taxiatosh tuman hokimligi tomonidan Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi va bir qator faol tashkilotlar faxriy yorlig’i bilan taqdirlanishdi.Taqdirlashdan so’ng qoraqalpoq xalqining milliy urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan kuy-qo‘shiqlar yangradi. Tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi davomida qoraqalpoq xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, urf-odat va dasturlarini o‘zida mujassam etgan raqslar bilan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda davom etdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы