Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Taxiatosh tumani Axborot kutubxona markazi tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlarning huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish” kuni munosabati bilan nogironligi bor shaxslardan xabar olindi.

3-dekabr “Xalqaro nogironlarning huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish”  kuni   hisoblanadi. Bu kunni nishonlash jamiyatni nogironligi bor shaxslarning muommolariga e’tibor qaratishga va ularni qo’llab-quvvatlash mas’uliyatini oshirishga chorlaydi. Shu munosabati bilan joriy yilning 3-dekabr kuni Axborot kutubxona markazi Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari A.Toreniyazova va Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 7-maktab kutubxonachisi K.Sugekbaeva, maktabning Ma’naviyat va mariyfat ishlari boyicha direktor o’rinbosari I.Ayapbergenova   maktab psixologi N.Xudayarova va maktab kitobxonlari bilan birgalikda “Do’stlik” makon fuqoralar yig’ini da yashovchi Sirajiddinova Jasulan va Shamuratova Aydanalarning uylariga borib xabar olinib ularga  sovg’alar berildi.