Joriy yilning 13-dekabr kuni Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tamonidan “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’inida profilaktika inspektori O.Menglimuratov bilan birgalikda “Inson huquqlari ularning himoyalanishi va xalqaro huquq tizimlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova ochib berdi. Suhbatga Axborot-kutubxona markazi kitobxonlari va “Taxiatosh” mahalla fuqoralar yig’ini Ijtimoiy xodimi Z.Yoldasheva, Xotin qizlar faoli I.Qozoqboevalar ishtirok etdi.
Bunda tuman IIB profilaktika inspektori mayor O.Menglimuratov inson huquqlari – insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda daʼvolarini tavsiflovchi tushuncha. Inson huquqlarini erkin va samarali tarzda amalga oshirish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir.
Inson huquqlarini mutloq va nisbiy Inson huquqlariga boʻlish qabul qilingan. Yashash huquqi, qiynoqlarga, zoʻravonlikka, inson shaʼnini yerga uradigan boshqa xil muomalaga yoki jazoga duchor etilmaslik huquqlari haqida, va oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilganligini aytib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы