Joriy yilning 11-уanvar kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun “Taxiatosh” sanatorisiga ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. Dam oluvchilar uchun nafaqat madaniy dam olishni ta’minlash, balki bilimini boyitish va ularni kitob o’qishga jalb qilish sanatoridagi odamlarni o’qishga rag’batlantirish va ularga ma’naviy ko’mak berish kerak.Sanatori aholisi uchun mos kitoblar oborib berildi.Bulardan Sog’liqni saqlash va psixologiya bo’yicha adabiyotlar, badiiy adabiyot (klassika, zamonaviy asarlar), Qiziqarli ma’lumotlar to’plami (tabiat, ilim-fan) kitoblari etkazib berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы