Joriy yilning, 28-yanvar kuni Taxiatosh tumani Ixtisoslashtirilgan maktabga Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan ko’chma kutubxona tashkillashtirildi. Ko’chma kutubxona shartnomasiga binoan Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova tomonidan turli nomdagi adabiyotlar, o’quvchilar bilimini oshiruvchi kitoblar va badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Kitoblarni Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxona mudiri D.Xalbaeva qabul qilib oldi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы