Joriy yilning 12-mart kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani IIB probaciya guruhi og’a inspektori mayor I.Jabborberganov bilan birgalikda “Inson va burch” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Bu davra suhbatini tashkillashtirishdan maqsad probaciya hisobida turgan yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirishdan iborat. Suhbatni Axborot-kutubxona markazining Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxasissi N.Mamutova ochib berdi, suhbatga Taxiatosh tumani IIB probaciya guruhi hisobida turgan yoshlar ishtirok etdi. Bunda tuman IIB probaciya guruhi og’a inspektori mayor I.Jabborberganov, inson huquqlari –bu har bir insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkonyatlari hamda davolarini tavsiflovchi tushunchalar haqida va ularning inson shaxsining qadir-qimmati va erkinligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini o’z so’zida aytib o’tdi.Suhbatimiz davomida IIB probaciya guruhi hisobida turgan yoshlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы