Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

Kutubxonaga sayoxat tashkillashtirildi.

Joriy yilning, 26-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markaziga Taxiatosh tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 2-sonli maktabning kitobxonlari tomonidan sayoxat tashkillashtirildi.

Sayoхat davomida, Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi G.Baynazarova tomonidan kitobxonlarga Axborot-kutubxona markazi haqida ma’lumot berib o‘tildi. Ya’niy, kutubxonadagi adabiyotlar, kutubxonaning tartib qoidalari, yangi adabiyotlar va kutubxona ma’lumotlari aytilib o‘tildi.

Kitobxonlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.