Joriy yilning, 27-mart kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan “Mehr kutubxonasi” loyihasi doirasida ko’chma kutubxona tashkillashtirildi.
Bundan maqsad, ko’chma kutubxonalar tashabbusi bilan kitoblarni aholiga etkazish orqali kitobxonlikni keng targ’ib qilish va ularning bilim olish imkoniyatini kengaytirishdan iboratdir. Shu sabab, Axborot-kutubxona markazining faol kitobxon onalaridan biri Zulayxa Jangabaevaning xonadoniga tashrif buyurildi va o‘qish uchun yangi adabiyotlar yetkazib berildi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы