Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Ertaklar olamiga sayohat” mavzusida kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.

Joriy yilning 28-mart kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kichik kitobxonlar uchun “Ertaklar olamiga sayohat”  mavzusida kitob ko’rgazmasi tashkillashtirildi. Ushbu turkumdagi ertaklar farzandlarimizning odob-axloqli, barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari uchun yordam beradigan mavzulardan biri hisoblanadi.

Ertak mazmuniga mos rasmlar, bezakli hoshiyalar kichik kitobxonlarimizga manzur bo‘ladi. «Ertaklar – yaxshilikka yetaklar» degan naql bоr xalqimizda,  ular shunchaki ko’ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag’ishlovchi ma’naviy manbadir.

Kitob ko’rgazmasini  tashkillashtirishda Axborot-kutubxona markazi kitoblaridan foydalanildi.