Joriy yilning, 9-aprel kuni Taxiatosh tumani 99651-harbiy qismida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi D.Utemuratova tomonidan 9-aprel Amir Temur tavalludiga 689 yil to’lishi munosabati bilan kitoblar ko’rgazmasi tashkillashtirildi.Kitoblar ko’rgazmasi Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazining Amir Temur hayoti haqida yozilgan asarlar haqida bo’lib, unda Amir Temurning olib borgan siyosati, hayoti va butun hayoti davomida qurdirgan me’morchiligi va buyuk imperiyasi haqida yozilgan. Bu asarlar P.Pavlanovning “Amir Temur sulolasi” asari, L.Kerenning “Amir Temur saltanati”, Muhammad Alining “Sarbadorlar” asari, Amir Temurning “Temur tuzuklari asari, B.Haydarovning “Sohibqironni anglash- o’zlikni anglash” asari va shunga o’xshash bir qator adabiyotlar kitobxonlar nazariga inom etildi.Kitob ko’rgazma davomida D.Utemuratova sohibqiron A.Temur haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы