Joriy yilning 24-aprel kuni «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Taxiatosh tuman Axborot – kutubxona markazida Ochiq eshiklar kuni munosabati bilan “Kutubxona – ma’naviyat maskani” mavzusida kutubxonaga ekskursiyalar va kitoblar ko’rgazmalari tashkil qilindi.

Ekskursiyaga Taxiatosh tumani Pedagogika kolleji talabalari va kitobxon yoshlar tashrif buyurishdi. Kitoblar ko’rgazmasiga Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasi tomonidan sovg’a qilingan “Istiqlol davri o’zbek Navoiyshunosligi” nomli kitoblar to’plami va 100 dan ortiq eng yangi adabiyotlar qo’yilib, Ma’lumot – bibliografiya xizmati rahbari J.Kadirbaeva kitobxonlikni targ’ibot qilish orqali ularga donishmandlarning kitobni bejiz oftobga qiyoslamasliklarini, negaki quyosh butun olamni o‘z nurlari bilan yoritganidek, kitob ham ilm va maʼrifat ziyolari bilan inson qalbini munavvar etadi. U olimlar fikri jamlangan moʻtabar xazina, donishmandlar hikmatlarining bo‘stoni. U shunday go‘zal bir bog‘ki, yozuvlari uning muattar gullaridir – deya, mazkur adabiyotlar haqida qisqacha sharhlar berib oʻtti.

Ko’rgazma davomida talaba yoshlar o’zlari sevib o’qigan yozuvchi-shoirlarning sh’erlaridan parchalar o’qidi va talabalardan Axborot – kutubxona markaziga 6 nafar foydalanuvchi a’zo bo’ldi. Koʻrgazmada 24 nafar talabalar va 20dan ortiq kitobxon yoshlar ishtirok etdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы