Joriy yilning, 24-aprel kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Yoshlar ishlari bo’limi Bolalar harakati tashkiloti bilan hamkorlikda “O’zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori ostida V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Mutolaachi yoshlar!” mavzusi ostida ko’rik-tanlov tashkillashtirildi. Ko’rik-tanlovni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova ochib berdi.Hakamlar ha’yati a’zosi sifatida “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo’limi mutaxasissi N.Atiyazova va Taxiatosh tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupovalar ishtirok etishdi.

Ko’rik-tanlovni Taxiatosh tumani Yoshlar ishlari bo’limi Bolalar harakati tashkiloti “Mutolaa” yo’nalishi sardori D.Sultanmuratov olib bordi. Tanlovda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko’rgazmasi ham tashkillashtirildi. Ko’rik tanlovda Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limiga qarashli 22 maktabdan 1 tadan ishtirokchilar qatnashib o’z aro bellashdilar.Tanlov 2 shartdan iborat bo’lib, ular 1-shart savol-javob sharti, 2-shart bahru-bayt sharti. Hakamlar ha’yati a’zolari natijalariga ko’ra faxrli I-o’rinni 2-sonli maktab o’quvchisi A.Saburova, II-o’rinni 4-sonli maktab o’quvchisi I.Beknazarov va III-o’rinni 6-sonli maktab o’quvchisi N.Embergenovalar egalladi. G’oliblar faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alari bilan tag’dirlanishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы