Joriy yilning, 25-aprel kuni Taxiatosh tuman Ma’naviyat maskanida «O’zbekiston – kitobxonlar yurti» shiori ostida V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Taxiatosh tuman Axborot – kutubxona markazi va Taxiatosh tuman Qo’riqlash bo’limi bilan birgalikda “Taffakkurning kaliti kitobdir” mavzusida yangi adabiyotlar ko’rgazmasi va musiqali kecha tashkillashtirildi.Musiqali kechani Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi.

Kechani Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi rahbari M.Djumamuratova ochib berdi, undan keyin so’z navbati Taxiatosh tumani Qo’riqlash bo’limi kichik ser janti A.Allamuratovga berildi, u yig’ilganlarni bugungi tadbir bilan qutlab, o’z tabrigini bildirib o’tdi.

Kecha davomida yig’ilganlar Axborot-kutubxona markazi tomonidan tashkillashtirilgan yangi adabiyotlar ko’rgazmasi bilan tanishib chiqdi.Kechada Taxiatosh tumani Qo’riqlash bo’limi va yosh kitobxonlar ishtirok etishdi.Kecha davomida yosh kitobxonlar tomonidan tashkillashtirilgan konsert dasturi bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы