Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

“Kasbdan baxt topganlar” mavzusida maqolalar tanlovi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning,28-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2025-yil 24-mart kunidagi 118-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash hamda ichki ishlar organlari xodimlarini har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, milliy qadriyatlarga sodiq, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yangi bosqichga olib chiqish hamda xodimlarning ma’naviy bilim darajasini yanada mustahkamlash maqsadida Ichki ishlar organlarida joriy yil 1-apreldan 30-aprelga qadar “Xalqimizning xavfsizligi, tinchligi va osoyishtaligini saqlash eng ustuvor vazifamiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazish belgilangan.

 

Ushbu oylik doirasida  Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo’limi xodimlari bilan «Kasbidan baxt topganlar» mavzusida maqolalar tanlovi o’tkazildi.Tanlovni Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo’limi boshliq o’rinbosari U.Romanov ochib berdi. Tanlovda hakamlar ha’yati a’zolari sifatida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’limi mutaxasissi T.Seydova va Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo’limi boshliq o’rinbosari U.Romanov ishtirok etishdi. Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo’limi xodimlari o’rtasidagi tanlovda munosib xodimlar faxrli o’rinlarni oldi va diplom bilan taqdirlanishdi.