Joriy yilning,5-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan Qoraqalpoq adabiyotining qo’sh boyteragi O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri I.Yusupov va yozuvchi T.Qayipbergenovlarning tavallud ayyomiga 96 yil to’lishi munosabat bilan rasmli -kitob ko’rgazma tashkillashtirildi. O’zbekiston qahramoni I.Yusupovning dastlabki sheʼrlari 20-asr 40-yillarining oʻrtalarida eʼlon qilina boshlagan, 30 dan ortiq sheʼriy va nasriy toʻplamlari bor, „Qirq qiz“ (A. Shomuratov bilan hamkorlikda, 1965), „Aktrisaning iqboli“ (1967), „Umirbek laqqi“ (1971), „Mangu buloq“ dramalari, „Ajiniyoz“ librettosi muallifi, Yusupovning „Kun chiqish yoʻlovchisiga“, „Qoraqalpoqni koʻp maqtamang koʻzimcha“, „Qora tol“, „Turnalar“ va boshqalar sheʼrlari qoraqalpoq adabiyotining yuksak namunalaridir. Shuningdek, Yusupovning „Akatsiya gullagan joyda“, „Gilamchi xotin haqida haqiqat“, „Dala armonlari“, „Mangu buloq“ singari dostonlari ham 20-asr qoraqalpoq adabiyotining eng katta yutuqlari hisoblanadi.
T.Qayipbergenovning dastlabki qissasi — „Sekretar“ (1956), „Rahmat, muallim“ (1958), „Sovuq tomchi“ (1964), „Uyqusiz tunlar“ (1965) qissalarining, „Soʻnggi tomchi“ (1960), „Qoraqalpoq qizi“ (1 — 2-kitoblar, 1963-1965), „Qoraqalpoq dostoni“ trilogiyasini tashkil etgan „Mamanbiy afsonasi“, „Qoraqalpoqnoma“ roman-essesi (1978), „U dunyoga bobomga xatlar“ (1982) asarlari chop etilgan. „Qoraqalpoqman — tavakkalchiman“ (2003) asari, shuningdek, „Familiya“ pyesasi, „Berdaq“ („Sahro bulbuli“), „Oydoʻst bobo“ dramatik asarlari oʻzbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan. Asarlari qoraqalpoq xalqining XVII—XVIII asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning oʻzaro qardoshligi haqida yozilgan.
Shunindek I.Yusupovning “Tanlangan asarlar”i, SH.Usnatdinovning “Ibrayim Yusupov” asari, “Tasqa ko’gergen gu’l” she’riy to’plamlari va T.Qayipbergenovning “Qaraqalpaq dastani”, “Baxitsizlar”, “Tu’siniksizler”, “Mug’allimge raxmet” asarlari rasmli-kitob ko’rgazmadan joy olgan.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы