Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag’ishlab «Motamsaro Ona» haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.  

9-may “Xotira va qadrlash kuni”, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi yurtimizda keng miqyosda katta tantanalar bilan nishonlanmoqda.

1941-1945 yillarda urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g’lonlar hotirasi yod etiladi hamda urush va mehnat frontida jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimiz e’zozlanib,ularga hurmat ko‘rsatiladi.

Ushbu munosabat bilan, joriy yilning 8-may kuni Taxiatosh tumanida barcha tashkilotlar tomonidan tumandagi «Motamsaro Ona» haykali poyiga tantanali ravishda gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimga Axborot-kutubxona markazi hodimlari ham ishtirok etdi.

Bo‘lib o‘tgan mazkur marosim xalqimizning Vatan himoyasi yo‘lida mardonavor kurashgan va g‘alabaga katta hissa qo‘shgan jangchilar xotirasiga shuningdek, jasorat ko‘rsatgan  nuroniylarimizga hurmat va cheksiz ehtirom bildirildi.