Joriy yilning, 21-may kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazida “Inson va qonun” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxasissi B.Yusupova olib bordi. Davra suhbatida Taxiatosh tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori podpolkovnik U.Tlewmuratov mehmon sifatida ishtirok etdi.
Suhbatda, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari qatnashishdi.
B.Yusupov o’z so’zi bilan boshlab bergach so’z navbati podpolkovnik U.Tlewmuratovga berildi va u bugungi kunda huquqiy ong va madaniyatni oshirish, yoshlarni qonunga sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb masalalardan biriligini, chunki qonunni bilgan, unga amal qilgan fuqaro hech qachon adashmasligini, u o‘z huquqlarini himoya qilishni, boshqalarning huquqlarini hurmat qilishni ham bilishini, xulosa qilib aytganda, qonun va inson o‘zaro chambarchas bog‘liq tushunchaligini, adolatli qonun — bu inson sha’nini, erkinligini, hayotini himoya qiluvchi qalqonligini, har birimiz qonunlarga hurmat bilan yondashsak, jamiyatimizda adolat va taraqqiyot hukm surishini ta’kidlab o’tdi.
Suhbat davomida Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari o’z savollariga IIB xodimi tomonidan javoblar olishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы