Joriy yilning 31-may kuni, Taxiatosh tumani 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida «Ma’rifat karvoni» loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkillashtirildi. Ushbu tadbirda Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkillashtirildi.
Tadbirda pedagogika fanlari doktori Rahimboy Jumaniyazov, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir mehmoni Rahimboy Jumaniyazov loyiha borasida o‘zining samimiy fikrlarini aytib o‘tdi. Tadbirda yig’ilganlar Axborot-kutubxona markazining kitoblar ko‘rgazmasi bilan tanishib chiqdi.
Tadbir turli musiqiy chiqishlar va konsert dasturlari bilan yakunlandi.


2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы