Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalarning yozgi oromgohidagi ko’chma kutubxonada «Kitob-bilim manbai» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar yozgi orоmgohi aziz bolajonlarning  yozgi tatilni maroqli o’tkazish maqsadida ish faoliyatini boshladi. Shu jumladan, Taxiatosh tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish, mutоlаа madaniyatini rivojlantirish, fikrlashini yanada takomillashtirish maqsadida ko‘chma kutubxona tashkillashtirildi.

Joriy yilning 9-iyun kuni, «Aydin jol» bolalarning yozgi oromgohidagi ko’chma kutubxonada «Kitob-bilim manbai» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Tóreniyazova olib bordi. A.To‘reniyazova oromgoh bolalariga Kitob-millatning madaniy  va ma’naviy merosi, kitob-insonning eng yaqin do’sti va maslahatchisi, aqil qayrog’i va bilim manbai ekanligini aytib o‘tdi. Shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongiga singdirish, kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida oromgoh bolalari bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbatga oromgohning 4-guruh bolalari va tarbiyachilari A.Muratbaeva P.Bazarbaeva ishtirok etdi. Suhbat davomida, bolalar o’zlari sevib o’qigan kitoblari haqida undagi qiziqarli vaqealarni aytib, suhbat yanada qizg’in davom etdi.