Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida «Tabiat – bizning umumiy uyimiz» mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 10-iyun kuni, «Aydin jol» bolalar yozgi oromgohidagi ko’chma kutubxonada «Tabiat – bizning umumiy uyimiz» mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Tóreniyazova olib bordi.

Tanlovga oromgohdagi barcha guruhlardan rasmga qiziquvchi bolalar ishtirok etdi.

Tanlov shartlariga ko‘ra, har bir ishtirokchi tabiat manzaralarini ya’ni ona tabiyatning mo‘jizalaridan hisoblangan tabiat fasllari, qushlar, daraxtlar, tog’lar, daryolarning rasmlarini chizib bo‘yashlari aytib o‘tildi. Oromgoh bolalari shartta ko‘rsatilgandek, tabiat manzaralarini ifodalovchi rang-barang rasmlarni oq qog’ozga tasvirlab berdi.

Tanlov yakunida oromgohning 1-guruhidan E.Shamseddinova, 2-guruhidan Yu.Saparbaeva, 3-guruhidan S.Muratbekov, 4-guruhidan G.Shilimbetovalarning chizgan rasmlari eng chiroyli rasm dep topilib, tanlov g’olibi bo‘ldi.

Tanlov so‘ngida, A.To‘reniyazova tomonidan barcha ishtirokchilarga samimiy tilaklar va minnatdorchilik bildirilib o‘tildi.