Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar oromgohida “Tarixiy shaxslar hayotidan saboq” mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

         Joriy yilning 20-iyun kuni, «Aydin jol» bolalar oromgohidagi ko’chma kutubxonada “Tarixiy shaxslar hayotidan saboq” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbatni Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi A.Tóreniyazova olib bordi.

Oromgoh kutubxonasida A.To‘reniyazova tomonidan tarix va buyuk ajdodlar haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. So‘ngra, oromgoh faesida joylashgan buyuk bobolarimiz aks ettirilgan rasmlardan iborat “Buyuk siymolar” deb nomlangan ko‘rgazmadagi tariximizda o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxslar haqida shuningdek, Amir Temur bobomizning buyuk sarkarda bo‘lganligi, Zahiriddin Muhammad Boburning Hindiston tarixida o‘chmas iz qoldirgan Boburiylar tsivilizatsiyasining asoschisi, Jaloliddin Manguberdining sarkarda va buyuk arbob bo‘lganligi, Muhammad Xorazmiyning jahon xalqlari tarixida ilk raqamlashtirish davri tamal toshini qo‘yib bergan daho ekanligi, Ibn Sinoning tibbiyotni nazariy va amaliy jihatdan bir tizimga solgan, sog’liqni saqlashning zamonaviy tuzilishi yaratgan ulug’ shaxs ekanligi, Ulug’bekning astronomiya asoschilaridan biri va Alisher Navoiyning she’riyat mulkining sultoni bo‘lib tarix salnomalaridan o‘rin egallaganligi va ularning yaratgan kashfiyotlariyu, mehnatlari va asarlari kelajakga qadar etib kelishi va shuningdek, kelajak avlod ulardan foydalanib kelayotganligi aytib o‘tildi.