Joriy yilning 25-iyun kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat koꞌrsatish xizmati mutaxassisi N.Mamutova tomonidan Taxiatosh tumani » Aydin jol» bolalar yozgi oromgohida “Ertakda uchrashamiz!” sahnalashtirilgan tadbir tashkillashtirildi.
Yozgi oromgoh bolajonlar uchun nafaqat dam olish, balki ijodiy o‘sish va ma’naviy boyish makoniga aylandi.
“Ertakda uchrashamiz!” sahnalashtirilgan tadbir bolalarning qiziqishiga katta sabab bo‘ldi. Tadbir davomida oromgohning 3-guruh dam oluvchilari tomonidan mashhur xalq ertaklaridan biri bo‘lgan “Bo’g’irsoq” ertagidan parchalar sahnalashtirib namoyish etdilar, sevimli ertak qahramonlari obrazida chiqish qilishdi. Bu kabi ertaklar bolalarning kitobga, xalq ijodiyotiga va o‘z ijodiga bo‘lgan mehrini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tadbir so‘ngida, bolalar kelgusi tadbirda sahnalashtiriladigan ertak va uning qahramonlari haqida suhbatlashdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы