Тақыятас районы
Мәлимлеме-китапхана орайы

«Aydin jol» bolalar oromgohida 26-iyun «Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni» mubosabati bilan «Giyohvandlik – umr zavoli» mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.

Joriy yilning 26- iyun kuni, Taxiatosh tumani «Aydin jol» bolalar  oromgohida «Giyohvandlik – umr zavoli» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.  Davra  suhbatini  Abonement  va foydalanuvchilarga  xizmat  ko’rsatish  xizmati  mutaxassisi A.To’reniyazova olib bordi. Bunda oromgohning 2-guruh tarbiyalanuvchilari va   Taxiatosh tumani KTP bolalar shifokori  G.Reymova,  oromgohning 2-guruh tarbiyachisi D.Joldasbaevalar qatnashdi.

Suhbat davomida,  bolalar shifokori  G.Reymova  giyohvandlik bugungi  kunda dunyo ham jamiyatning dolzarb muammosiga aylangani, insoniyat kelajagi va salomatligi va umuman er yuzida yaxshilik hukm surishi uchun qayg’urayotgan kishilar,  dunyo bu masalada xalokat jari tomon odimlab ketayotgani,  shuningdek, giyohvandlik  yomon  illat  uni yo‘q qilish va oldini olish haqida aytib o’tdi.

Bolalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.