Joriy yilning 23-iyun kuni, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi va Taxiatosh tumani IIB bilan birgalikda “Inson huquqlari va ularning mohiyati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatini Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova olib bordi. U o’z so’zida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to’g’risida» 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-son qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturining amalga oshirishini targ’ib qilish va kitobxonlikka tortish, va kitob taqdimotlarini qilib o’tdi.
Keyingi so’z navbati, Taxiatosh tumani IIB provaciya guruhi og’a inspektori I.Jabbarbergenovga berildi. U o’z so’zida, inson huquqlari –bu har bir insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkonyatlari hamda davolarini tavsiflovchi tushunchalar haqida va ularning inson shaxsining qadir-qimmati va erkinligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini o’z so’zida aytib o’tdi. Suhbatimiz davomida IIB probaciya guruhi hisobida turgan yoshlari o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Keyingi so’z navbati, Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi xodimi J.Qadirbaevaga berildi va u o’z so’zida hozirgi kunda yosh avlodning tarbiya va axloqi, hozirgi kunda kitobxonlikning ahamiyati kattaligini, kitob mutolaasi esa kishida shunday chin insoniy fazilatlarni shakllantirib, uni hayotda oʻz oʻrnini topishga, jamiyatning chinakam aʼzosiga aylanishida, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga egaligini, zero buyuk bobokalonimiz, soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ekanligi haqida aytib o’tdi.
Suhbat so’ngida, B.Yusupova va davomida IIB probaciya guruhi hisobida turgan yoshlari bilan birga fikr almashish bo’lib o’tdi va o’z navbatida o’z IIB probaciya guruhi hisobida turgan yoshlar ham o’z fikrlarini bildirib o’tishdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы