Joriy yilning 4-iyul kuni Taxiatosh tumani Axborot-kutubxona markazi Abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati rahbari B.Yusupova tomonidan “Aydin jol” bolalar yozgi dam olish oromgohi bolalarini kitobxonlikga qiziqtirish maqsadida “Kitobxonlik-ma’naviyatga eltuvchi yo‘l” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Suhbatda, oromgohning 4-guruh bolalari ishtirok etishdi. Suhbat davomida, B.Yusupova tomonidan bugungi kunda bolalar uchun yozilgan ertaklar, qiziqarli hikoyalar, tarixiy qahramonlar haqidagi asarlar ularda ezgulik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni uyg’otishi, kitob o’qigan bola atrofida sodir bo’layotgan voqealarga ongli yondashishi, fikrlash qobilyatining tezlashishi, so’z boyligi ortishi aytib o‘tildi.
Suhbat so‘ngida, oromgoh bolalari tomonidan berilgan savollariga B.Yusupova tomonidan javoblar olishdi. Davra suhbati qiziqarli bo’lib o’tdi.

2020 - 2026© Тақыятас районы Мәлимлеме-китапхана орайы